Vikiombor:Viki Yerni sevadi 2024/Qoidalar

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2024/Rules and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2024/Rules and have to be approved by a translation administrator.


Wiki Loves Earth 2024

 

Participating countries

 

Rules and FAQ

 

Organise

 

Winners

 

Contact us

 

Report

Ushbu qoidalar toʻplami Viki Yerni sevadi 2024 tanlovining xalqaro bosqichi uchun amal qiladi. Mahalliy tashkilotchilar oʻz qoidalariga amal qilishlari mumkin lekin xalqaro bosqichga chiqarilgan tasvirlar mazkur sahifada yozilgan qoidalarga mos kelishi kerak.

Qoidalar

"Viki Yerni sevadi" fototanlovida ishtirok etuvchi tasvirlar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:

  • Tasvirni yuklagan foydalanuvchi uni oʻzi suratga olgan boʻlishi kerak
    Tanlov uchun yuklangan barcha fotografiyalar asl nusxa boʻlishi va tasvirga olgan muallif tomonidan yuklanishi talab etiladi. Muallif boʻlmagan shaxs tomonidan yuklangan fotografiyalar (ular hatto Vikiombor talablariga mos keluvchi ruxsatnoma bilan yuklangan boʻlsa ham) tanlov uchun qabul qilinmaydi.
  • Muallif tomonidan tanlov davrida yuklanishi kerak;
    Siz hatto tanlov boshlanishidan ancha avval oʻzingiz tushirgan tasvirlarni ham yuklashingiz mumkin. Muhimi, tasvirlar tanlov davom etayotgan vaqt oraligʻida yuklanishi kerak (har bir davlat oʻz mahalliy tanlovini may, iyul oylari oraligʻida oʻtkazadi).
  • Erkin litsenziya asosida eʼlon qilinishi kerak;
  • Unda identifikatsiyalangan tabiat yodgorligi, tabiiy bogʻ, qoʻriqlanadigan tabiiy hudud va h.k.lar tasvirlangan boʻlishi kerak;
    Yuqoridagi talabga mos keluvchi hududlar roʻyxati har bir ishtirokchi mamlakat tomonidan eʼlon qilinadi. Talablarga mos hududlarda olingan namunaviy turlar (hayvonlar, oʻsimliklar va h.k.) tasvirlari, agar tanlov shartlariga mos aniqlikda olingan boʻlsa, tanlov uchun qabul qilinadi.
    Fotografiyalar koordinatalarga va tasvirlangan tabiat yodgorligi haqidagi aniq izohga ega boʻlishi kerak.[1]
  • Milliy (mahalliy) hakamlar hayʼati tomonidan nominatsiyaga qoʻyilgan boʻlishi kerak;
  • Eng kamida 2 megapiksel (Mpx) kengaytmaga (sifatga) ega boʻlishi kerak[2]
  • Qatnashchi oʻz profili sozlanmalarida elektron pochta manzilini tasdiqlagan boʻlishi kerak.


Qanday yuklash mumkin?

Oʻzgarishlar

Zarurat tugʻilgan vaqtda xalqaro hakamlar hayʼati qoidalarga oʻzgartirish kiritishlari mumkin. Munozara mana bu yerda olib boriladi: Commons_talk:Wiki_Loves_Earth_2024/Rules

Koʻp beriladigan savollar

  • COVID-19 pandemiyasi tufayli tasvirga olish uchun tabiat yodgorliklariga borish qiyinlashdi, bu holatda nima qilish kerak?
Bunday holatda biz sizga oʻzingiz tomoningizdan avvalroq tushirilgan suratlarni yuklashni maslahat beramiz. Iltimos, mamlakatingizda joriy etilgan cheklovlarga amal qiling, xavfsizligingiz va salomatligingizni asrang. Jahonda kechayotgan voqealarga bizning munosabatimizni oʻqing.
  • Yuklash mumkin boʻlgan fotografiyalar soni cheklanganmi?
Cheklanmagan, siz istaganingizcha fotografiya yuklashingiz mumkin. Ayrim foydalanuvchi yuzlab hududlarning suratini yuklaydilar. Nima boʻlganda ham, gʻoliblikka daʼvo qilishingiz uchun biz sizga eng yaxshi sifatdagi suratlarni yuklashni maslahat beramiz.
  • Photoshop yoki shunga oʻxshash dasturlarda tahrirlangan suratlarni ham yuklasam boʻladimi?
Ha. Tasvirlar istalgan dastur yordamida tahrirlangan boʻlishi mumkin lekin tahrir dasturlari yordamida tasvirlarni qayta ishlashdan tiyiling: bu fotografiya tanlovi, raqamli sanʼat tanlovi emas.
  • Tasvir oʻlchamlari qanday boʻlishi kerak?
Iltimos, tasvirlarni imkoni boricha sifatli kengaytmada yuklang, ularni "internet uchun" kichraytirmang. Biz turli maqsadlar, hatto chop etish uchun mos keluvchi yuqori sifatli tasvirlarni qadrlaymiz. Shunga koʻra, 2 megapikseldan past sifatli boʻlgan fotografiyalar mahalliy bosqich uchun qabul qilinishi mumkin lekin xalqaro bosqichda sovrinli oʻrinlarga daʼvo qila olmaydi. Sababi, ular kattalashtirganda sifatini yoʻqotadi, ayniqsa, chop etganda. Iltimos, unutmang, biz sizga aloqaga chiqib yuqoriroq sifatdagi tasvirni yuklashingiz kerakligini aytmaymiz.
  • Vikipediyadagi biror tasvirsiz maqolani tahrirlab, oʻzim yuklagan tasvirni maqolaga kiritib qoʻyishim mumkinmi?
Albatta, biz bundan faqat xursand boʻlamiz! Siz Vikiomborga yuklagan tasvirlarni Vikipediyada ham osongina aks ettirish mumkin.
  • Men uncha yaxshi fotograf emasman. Sizga baribir men olgan suratlar kerakmi?
Ha, marhamat! Siz xalqaro bosqichda yuta olmasangiz ham, biz sizni oʻz atrofingizdagi tabiat yodgorligini tasvirga olganingizdan va uni kelajak avlodlarga qoldirayotganingizdan mamnun boʻlamiz. Bundan tashqari, mahalliy tashkilotchilar kam sonli yuklangan tasvirlar uchun maxsus nominatsiyalar va/yoki sovrinlar joriy qilishlari mumkin.
  • Hududlar juda katta, rasmga olayotgan paytda asosiy eʼtiborni nimaga qaratgan maʼqul?
Keng manzaralarni va xarakterli biotoplarni oʻzida aks ettirgan tasvirlar eng ommabop fotografiyalar sirasiga kiradi. Shuningdek, siz qoʻriqlanadigan hududlarda tushirilgan xarakterli yoki noyob turlar (jonivorlar, oʻsimliklar, va h.k.) tasvirlarini ham yuklashingiz mumkin lekin bu tasvirlar toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak. Bunday tasvirlarni yuklar ekansiz, sizdan tasvirga aniq izoh yozish talab qilinadi. Tashkilotchilar siz bu tasvirni kimningdir balkonida emas, aynan qoʻriqlanadigan hududda olganingizga amin boʻlishlari kerak.
  • Mahalliy tanlovlarda koordinatasiz tasvirlar qabul qilinadimi?
Ha, mahalliy bosqichda tasvirlarni koordinatasiz yuklash mumkin lekin bu tasvir xalqaro bosqichga chiqadigan boʻlsa, muallif yoki tashkiliy guruh bu tasvirga koordinata qoʻshishlari kerak boʻladi, aks holda, bunday tasvirlar tanlovdan chetlashtiriladi. Baʼzida koordinatani qoʻshish oson (agar u taniqli, ommaviy joy boʻlsa) lekin har doim ham emas. Shuni biling-ki, xalqaro bosqich hayʼat aʼzolari barcha koordinatasiz fotografiyalarni oʻz vaqtida aniqlay olmaydilar, tasvirning tanlov qoidalariga muvofiqligini aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar.
  • Mening kameram koordinatalari avtomatik ravishda kiritmaydi
Biz (vikipediyachilar sifatida) tasvirga imkon boricha aniq koordinata kiritilishi tarafdori boʻlsak-da, bunga erishish doim ham oson emasligini tushunamiz: kimdir avval borgan joyidan olgan yagona chop qilingan tasvirni skanerlashi mumkin yoki eskiroq qurilmada tasvirga olishi mumkin. Bunday holatda qoʻriqlanadigan hududning bir qismidan yoki hududni toʻliq ichiga oladigan koordinatani kiritish kifoya (odatda bu hududning markaziy qismi boʻladi).
  • Koordinata kiritishim himoyaga olingan turlarga xavf tugʻdirishi mumkin, bu holda nima qilishim kerak?
Qoʻriqlanadigan turlarni himoya qilish maqsadida koordinatalarni oʻchirish zarurati tugʻilsa, u holda mahalliy tashkilotchilar wle-team@wikimedia.org.ua pochta manziliga bu haqda maʼlumot va asos yoʻllashlari lozim.
  • Ayrim tabiiy hududlarga kirish pullik boʻlsa nima qilish kerak?
Pullik hududdan rasm yoʻllagan fotograflar ham hamma qatori baholanadi. Biz hech kimni rasm olish uchun pul toʻlab kirishga majbur qilmaymiz. Boshqa tomondan olib qaraganda, rasm olish uchun pul toʻlab kiruvchi insonlar tanlovsiz ham bu ishni qilaveradilar, shunday ekan, biz ularga u yerda tasvirga olishni maslahat beramiz.
  • Tanlov uchun flora, fauna yoki boshqa tabiiy obyektlarning (mas., gʻorlar va sohillar) suratlari ham mos keladimi?
Ushbu tabiiy obyektlar tabiat merosi ekotizimining muhim qismidir. Agar ular tabiat yodgorligi hududida olingan boʻlsa, biz sizga uni yuklashni maslahat beramiz. Eʼtibor bering, agar siz yuklagan tasvirda aniq bir yerning oddiy obyekti aks etgan boʻlsa, bu tur identifikatsiyalangan boʻlsa va tasvir koordinataga ega boʻlsa, siz gʻoliblar safida boʻlishingiz mumkin.
  • Oʻz tasvirlarimga suvbelgi qoʻyishim mumkinmi?
Qoidalarimiz boʻyicha suvbelgili tasvirlarni yuklash taqiqlanmagan lekin ularning gʻalaba qozonish imkoniyatlari pastroq. Eʼtiborga oling, agar suvbelgili tasviringiz gʻoliblik uchun tanlab olinsa, sizdan ushbu tasvirni qayta, suvbelgisiz variantini yuklash soʻralishi mumkin. Siz suvbelgidan foydalanish haqidagi maʼlumotlarni Vikiombordagi mana bu havola orqali oʻtib bilib olishingiz mumkin.
  • Sobiq tabiat yodgorligida olingan suratlar ham tanlov uchun qabul qilinadimi?
Sobiq tabiat yodgorliklarini tanlovga qoʻshish masalasi mahalliy bosqich hakamlari tomonidan hal qilinadi. iltimos, har bir ishtirokchi mamlakat uchun eʼlon qilingan roʻyxatni tekshiring. VYS xalqaro hakamlar hayʼati bunday holatlarga qarshi chiqmaydi. Tanlovdan asl maqsad ham tabiatga, uning saqlanishi muhimligiga insonlar eʼtiborini qaratish va tabiat yodgorliklarining erkin maʼlumotlar bazasini shakllantirish (bunda sobiq tabiat yodgorliklarining suratlari ham boʻlishi mumkin).
  • Men yuklagan rasmlardan nechtasi xalqaro bosqichda gʻolib boʻla oladi?
Xalqaro bosqichning eng kuchli 20 taligiga bir muallifning koʻpi bilan ikkita surati tanlab olinishi mumkin. Bizning maqsadimiz — gʻolib suratlar safini kengaytirish va turli hududlar va mualliflardan koʻproq tabiat yodgorliklarining suratlarini ommaga koʻrsatish. Bu yilda biz shunday qaror qabul qildik.

Izohlar

  1. Ayrim holatlarda fotografiyada aytilgan joy tushirilgan yoki yoʻqligiga shubha uygʻonganida koordinatalarga murojaat qilinadi.
  2. Bu eng kichik kengaytma talabi, aslida surat qancha katta kengaytmali boʻlsa — shuncha yaxshi.