Vikiombor:Viki Yerni Sevadi 2024 Oʻzbekiston/Qoidalar

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2024 in Uzbekistan/Rules and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2024 in Uzbekistan/Rules and have to be approved by a translation administrator.
Viki Yerni sevadi 2024 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yerni sevadi 2024 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich
See also: Xalqaro musobaqa qoidalari.

Ishtirokchilar

  • Tanlovda istalgan kishi ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin.
  • Ishtirok etish uchun siz Vikiomborga mahalliy foydalanuvchi sifatida yoki global Vikimedia akkauntingiz orqali kirishingiz kerak. Akkauntni qanday yaratishni Wikimedia Commons’da mana bu havola orqali o‘rganishingiz mumkin.
  • Foydalanuvchi oʻzining profil sozlamalarida tasdiqlangan elektron pochta manzilini koʻrsatgan boʻlishi kerak.[1] Kontaktlari (elektron pochta manzili yoki foydalanuvchi sahifasidagi kontakt ma’lumotlari) bo‘lmagan ishtirokchilar, hatto hakamlar hay’ati suratlarini yetarli darajada yaxshi deb topsa ham, sovrinlarni qo‘lga kirita olmaydi yoki xalqaro bosqichga chiqa olmaydi. Agar siz elektron pochtangizni toʻgʻri faollashtirgan boʻlsangiz, sahifangizning chap tomonidagi ustunda „Foydalanuvchiga xat yozish“ degan havola paydo boʻladi. Taʼkidlash joizki, elektron pochta manzilingiz hech qayerda eʼlon qilinmaydi va elektron pochta manzilingizni jo‘natuvchiga ko‘rsatmasdan Vikimedia pochta formasi orqali sizga yuboriladi.
  • Barcha ishtirokchilar o‘zlari olgan fotosuratlarni bepul litsenziya ostida, masalan, Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 ostida yoki Commons (Vikiombor) tomonidan ruxsat etilgan boshqa litsenziya ostida chop etishga rozi boʻlishgan deb hisoblanadi.

Tasvirlar

  • Fotosuratlar istalgan vaqtda olinishi mumkin, ammo ular Vikiomborga 15 may 00:00 dan 15 iyun 23:59 (UTC+5) gacha yuklanishi kerak.
  • Bir kishi istalgan miqdordagi fotosuratlarni yuklashi mumkin, ammo barcha fotosuratlar shu kishining oʻzi tomonidan rasmga olingan boʻlishi kerak. Oʻzingiz rasmga olmagan fotosuratlarni, ular mualliflik huquqi cheklovlaridan holi boʻlishi yoki siz muallifning qonuniy vakili boʻlshingizdan qatʼi nazar yuklamang.
  • Rasmlar fayl sahifasida litsenziya andozasiga ega boʻlishi kerak (agar yuklovchi yuklashning birinchi bosqichida litsenziyalardan birini tanlagan boʻlsa, bu odatda avtomatik ravishda qoʻshiladi). Fayl sahifasida litsenziya andozalari boʻlmagan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlov uchun yuklangan suratlar joriy roʻyxatdagi Oʻzbekiston tabiat yodgorliklaridan biriga havola boʻlishi kerak; ushbu roʻyxat 4 tilda taqdim etilgan: oʻzbekcha, qoraqalpoqcha, ruscha va inglizcha. Qoidalarning ushbu bandiga muvofiqligini koʻrsatish uchun tegishli obyekt xaritasidagi „Yuklash“ tugmasi orqali fotosuratlarni yuklash tavsiya etiladi.
  • Surat mavzusi tabiat bilan bogʻliq boʻlishi kerak, masalan, landshaftlar, oʻsimliklar, hayvonlar va boshqalar. Odamlar, binolar, mashinalar fotosuratlari, agar ular tabiiy landshaftning bir qismi boʻlmasa, koʻpincha mavzudan tashqari hisoblanadi.
  • Fotosuratlar koordinatalarga ega boʻlishi kerak.[2]
  • Surat yaxshi sifatli, kontrast, oq balans va ekspozitsiya sozlamalari to‘g‘ri bo‘lishi va o‘lchami kamida 2 megapiksel bo‘lishi kerak.[3] Past sifatli (xira, yuqori kontrastli, buzilgan va hokazo) yoki past aniqlikdagi tasvirlarni yuklash mumkin, biroq ular bilan g‘olib bo‘lib va xalqaro bosqichga chiqish imkonsiz.
  • Yuklangan fotosuratlar Vikipediya maqolalarini tasvirlash uchun mos boʻlishi kerak, shuning uchun suvbelgili, rasmdagi sanalar yoki illyustrativ foydalanishni qiyinlashtiradigan boshqa qoʻshimchalari boʻlgan fotosuratlarga ruxsat berilmaydi.

Natijalarni eʼlon qilish

  • Tanlov yakunlangach, xalqaro bosqich qoidalariga muvofiq, hakamlar hay’ati ikki nominatsiya (manzara va makro) bo‘yicha 15 tagacha fotosuratni tanlab oladi.
  • Barcha fotosuratlar 2 bosqichda baholanadi: birinchi bosqichda hakamlar hay’ati barcha fotosuratlarni qoidalarga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchisida esa mos keladiganlari sifati, mavzuga mosligi va maʼlum bir tabiat yodgorligi mavzusiga mosligi boʻyicha baholanadi.
  • Hakamlar hay’atinig barcha qarorlari yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilinishi mumkin emas. Esda tutingki, bizning tanlovimiz biroz sub’ektiv boʻlishi mumkin va agar sizning fotosuratlaringiz gʻolib chiqmasa, tushkunlikka tushmang! Barcha yuqori sifatli fotosuratlar Vikipediya va Vikimedianing boshqa loyihalarida illyustratsiyaga aylanadi, shuning uchun ularni yuzlab, hatto minglab odamlar koʻradi. Bu oʻz-oʻzidan ajoyib emasmi?
  • Sovrinlar masalasi hozirda muhokama qilinmoqda.
  • Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan barcha suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi va ular ham g‘olib boʻlishlari mumkin.

Boshqa shartlar

  • Ushbu qoidalar matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367—369-moddalari ga ko‘ra ommaviy oferta hisoblanmaydi.
  • Tanlovda ishtirok etish — ushbu qoidalarning toʻliq qabul qilinishini anglatadi.
  • Tashkilotchi jamoa halol oʻyin tamoyilini amalga oshirish maqsadida ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
  • Ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish jarayonida qilgan barcha xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
  • Tashkilotchilar jamoasi aʼzolari yoki ularga aloqador shaxslar tomonidan yuklangan fotosuratlar sovringa daʼvogar boʻla olmaydi. Ularning ishtiroki faqat yaxshi oʻrnak koʻrsatish va boshqa ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash (master-klass koʻrsatish) istagi deb qaralishi mumkin.
  • Tashkilotchilar jamoasi ishtirokchilar tomonidan uchinchi shaxslarning mualliflik huquqining buzilishi uchun javobgar emas, ammo agar ular aniqlansa, bunday huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish majburiyatini oladi. Agar sizning yoki boshqa birovning mualliflik huquqi buzilgan deb hisoblasangiz, iltimos biz bilan bogʻlaning!
  • Tanlov tashkilotchilari, agar oʻz majburiyatlarini amalga oshirishga imkon topmasa, bu imkonsizlik yongʻin, toshqinlar, boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, qurolli toʻqnashuvlar, ommaviy fuqarolik tartibsizliklari, epidemiyalar, terrorchilik harakatlari va hokazolar kabi fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlsa — ular oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Izohlar

  1. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga oʻz foydalanuvchi sahifasida kontakt maʼlumotlarini qoldirishlarini tavsiya qilamiz.
  2. Bu majburiy emas, lekin koordinatalar fotosuratning muhofaza qilinuvchi hududga tegishli yoki yoʻqligiga shubha tugʻilganda kerak boʻladi. Shuningdek, koordinatasiz fotosuratlar xalqaro bosqich shartlariga mos kelmaydi.
  3. 2000×1000 piksel yoki shunga yaqin.