Vikiombor:Viki Yerni sevadi 2024

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2024 and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2024 and have to be approved by a translation administrator.
Wiki Loves Earth

Shortcut: COM:WLE2024


Viki Yerni sevadi 2024

 

Ishtirokchi mamlakatlar

 

Qoidalar va koʻp soʻraladigan savollar

 

Tashkil etish

 

Gʻoliblar

 

Biz bilan bogʻlanish

 

Report

2024-yilda ishtirok etuvchi mamlakatlar
Viki Yerni sevadi 2023 tanloviga xush kelibsiz!

"Viki Yerni sevadi" (VYS yoki WLE) — har yili may va iyul oylari oraligʻida oʻtkaziluvchi xalqaro fototanlov. Bu tanlovni dunyo boʻylab turli chapterlar, guruhlar va mahalliy koʻngillilar tashkil etishadi. Qatnashuvchilar mahalliy tabiiy yodgorlik yoki ommaga mashhur manzarani rasmga olib, uni Vikiomborga yuklaydilar. Barcha ishtirokchi mamlakatlarda konkurs alohida-alohida holda oʻtkaziladi, shu sababli tanlovning tashkil etilish vaqtlari va sovrinlar turlicha boʻlishi mumkin.

Tanlovning asosiy maqsadi — tabiat yodgorliklari hududi va obyektlari — masalan, qoʻriqxonalar, landshaft qoʻriqxonalari, milliy bogʻlar, manzarali maskanlar, landshaftli hududlar, mashhur bogʻ-rogʻlar va h.k. joylardan suratlar olish va ulardan Vikipediya erkin ensiklopediyasi maqolalarini bezashda hamda Vikimedia jamgʻarmasining boshqa loyihalarida foydalanish.

Loyiha nafaqat bir mamlakatning qoʻriqlanuvchi zonalarini tasvirga olishga, balki mintaqaviy statusga ega boʻlgan, shuningdek, tabiat zonalarini imkoni boricha kengroq qamrab olishga — oʻrmonlar, istirohat bogʻlari, bogʻlar, qoyalar, gʻorlar, har qanday qoʻriqlanuvchi tabiat yodgorliklarini tavirga olishga moʻljallangan. Bu — koʻplab foydalanuvchilar oʻz turarjoylaridan uzoq boʻlmagan yerda bir nechta obyektlarni topa olishlari mumkinligini anglatadi.

Bu yil xalqaro bosqichga chiqqan mahalliy gʻoliblarning ikki turdagi suratlari gʻoliblik uchun kurashishi mumkin: manzaralar (bu turkumga alohida daraxtlar ham kiradi, ular tabiat yodgorligi sanaladi) va makrotasvirlar (jonivorlar, oʻsimliklar, zamburugʻlar):

  • Mahalliy bosqichda umumhisobda 15 ta tasvir gʻolib boʻlishi mumkin, shundan har bir turkumdan gʻolib boʻlgan tasvirlar soni 10 tadan ortmaydi. Mahalliy tashkilotchilar tasvirlarni ikki turkumga boʻlib baholamasliklari va/yoki umumhisobda gʻoliblar sonini kamroq belgilashlari umumkin (masalan, 10 ta)
  • Xalqaro bosqich hakamlari gʻoliblik 20 tagacha tasvirni tanlab olishadi. Bunda, har bir turkumdan 10 tadan ortiq boʻlmagan tasvir tanlab olinadi.
  • Xalqaro bosqichning eng yaxshi suratlar 20 taligiga bir muallifning ikkitadan ortiq boʻlmagan fotografiyasi tanlab olinishi mumkin. Chunki bizning maqsadimiz — gʻoliblar safini kengaytirish va turli mualliflar tomonidan olingan, turli hududlarda joylashgan tabiat yodgorliklari tasvirlarini dunyoga koʻrsatish.


Taxminiy sanalar
  • Mahalliy bosqichlar 1-maydan — 31-iyulga qadar oʻtkazib boʻlinadi. Aniq sanalar uchun har bir qatnashchi mamlakat vaqt jadvaliga qarang;
  • Avgustning oxiri gʻoliblar sahifasi uchun ariza qabul qilishning eng soʻnggi muddati;
  • Sentyabr-oktyabr: baholash jarayoni;
  • Noyabr — xalqaro natijalar eʼlon qilinuvchi oy.


Qoidalar
  • Tanlovning xalqaro qismi qoidalari mana bu sahifada eʼlon qilingan. Mahalliy bosqichdagi tanlovlarda qoidalar, nominatsiyalar, sanalar farqlanishi mumkin.


Mukofotlar
  • Gʻoliblar Amazon yoki boshqa onlayn doʻkonlardan vaucherlarni qoʻlga kiritadilar; vaucher summasi qoʻlga kiritilgan oʻringa bogʻliqdir;
  • Mahalliy tashkilotchilar jamoalari mahalliy bosqich gʻoliblari uchun sovrinni oʻzlari tanlashlari mumkin.


Yuklangan suratlar


WLE ma’lumotlar markazi


Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?


Rasmiy veb-sayt


Ommaviy axborot vositalarida

Ogohlantirish: Ushbu tanlov koʻngillilar tomonidan tashkil etilayotgan boʻlib, tashkilotchilar oʻz istaklariga va yuzaga kelgan vaziyatga qarab ushbu qoidalarni oʻzgartirishlari va tanlovni bekor qilishlari mumkin (hatto, tanlov boshlab yuborilganidan keyin ham). Homiylar tomonidan yetkazilgan sovrinlar uchun tashkilotchilar javobgar hisoblanmaydilar va konkursga aloqador hech bir masʼuliyatni oʻz boʻyinlariga olmaydilar. Ushbu tanlovning qoidalari ham, mazkur sahifadagi biror gap ham tashkilotchilarning gardaniga yuridik oqibatlarni olib kelishi mumkin boʻlgan mazmunni tashimaydi. Hakamlar hayʼati aʼzolari gʻoliblik uchun daʼvogar hisoblanmaydi (lekin har qanday holatda ham tanlov uchun fotografiyalar yuklashi mumkin).