Vikiombor:„Viki yodgorliklarni sevadi — 2023“ Oʻzbekistonda

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan and the translation is 90% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan and have to be approved by a translation administrator.
Outdated translations are marked like this.
Viki yodgorliklarni sevadi Oʻzbekiston 2023 tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yodgorliklarni Sevadi Oʻzbekiston 2023 tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich

Bu yil O‘zbekiston mashhur Viki Yodgorliklarni Sevadi fototanlovida debyut qiladi. Ushbu tanlov madaniy meros obyektlariga bagʻishlangan boʻlib, butun dunyo boʻylab oʻtkaziladi: bu yil 41 davlat ishtirok etadi va endi Oʻzbekiston ulardan biridir!

Asoslar

  • Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini suratga oling va ularni Vikiomborga yuklang.
  • Faqatgina roʻyxatda qayd etilgan yodgorliklar surati qabul qilinadi. Yodgorliklar roʻyxati tashkilotchilar tomonidan faqat Oʻzbek tilida taqdim etilgan. Qoraqalpoq, rus va ingliz tillariga tarjimalar tayyorlanmoqda, afsuski, bu yil uchun joriy roʻyxat ushbu tillarda tayyor emas.
  • Siz fotosuratlarni oʻzingiz rasmga tushurishingiz va ularni erkin litsenziya ostida chop etishingiz kerak, masalan, CC-BY-SA-4.0.
  • Fotosuratlarni istalgan vaqtda rasmga olish mumkin, lekin ular 1-oktabr, 00:00 va 31-oktabr, 23:59 (UTC+5) oraligʻida yuklanishi kerak.

Savollaringiz boʻlsa, ularga munozara sahifasida yoki e-mail orqali soʻrashingiz mumkin.

Tashkilotchilar

Viki yodgorliklarni sevadi — 2023 Oʻzbekistonda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi hamjamiyati tomonidan Rossiya Vikisayohat hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

  • Красный — bosh koordinator, hakamlar hayʼat koordinatori va aʼzosi.
  • Artemev Nikolay — hamjamiyat bilan aloqalar va hakamlar hay’ati a’zosi.
  • Bok — texnik yordam va yodgorliklar roʻyxati.
  • Inosham — qoraqalpoq tili tarjimoni.
  • Kagansky — hakamlar hayʼati aʼzosi.
  • ElenaLitera — hakamlar hayʼati aʼzosi.
  • Jamshid Nurkulov — hakamlar hayʼati aʼzosi.

O‘tgan yilgi xalqaro tanlov g‘oliblari

2022 yilgi xalqaro va mamlakat gʻoliblarining toʻliq galereyasi bu yerda.

Matbuot qamrovi