User:Xusniddin Isakov
Husniddin Isakov Xusanjon o‘g‘li (2003-yil 19 mart kuni tug‘ilgan) - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining mediadizayn yo‘nalishi 4-bosqich talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati mutaxassisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti axborot xizmati rahbari.
2018 yil Farg‘ona viloyatida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda yaqindan qo‘shgan hissasi uchun “Yilning eng yaxshi yosh matbuotchisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.
2019 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Sardorlar Kengashi aʼzolari saylovida respublika “press klub” yo‘nalishi sardori etib saylangan.
2019 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti axborot xizmati rahbari etib tayinlangan.
2020 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi respublika “press klub” yo‘nalishi sardoriligida faoliyati naʼmunali topilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi grantini yutib olgan va ushbu grant asosida Farg‘ona viloyatida 14 ta hududiy va Farg‘ona viloyatining 19 ta tuman shahar “press klub” sardorlari ishtirokida o‘tkazilgan I Respublika “Kamalak” media forumiga asos solgan.
2020 yil BMT vakolatxonasi va “Zamin” fondi tomonidan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlangan "Bolalarning taʼlim olish huquqlari: pandemiya davrida dolzarbligi, uzluksizligi va innovatsiyalar" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etgan.
2021 yil O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga talabalikka qabul qilingan.
2021 yil O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligiga shartnoma asosida ishga qabul qilingan.
2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etgan va Prezident bilan uchrashgan.
2022 yil Buxoro viloyatida o‘tkazilgan Halqaro Turkiy davlatlar tashkilotining “IV Yosh liderlar” forumida ishtirok etgan.
2022 yil Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan va 46-Butunjahon olimpiadasi mezbonligini qo‘lga kiritish maqsadida o‘tkazilgan Butunjahon Shaxmat federatsiyasining kongressida O‘zbekiston vakili ishtiroki uchun taqdimot dizayni tayyorlagan.
2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan
2020 yildan hozirgi vaqtda qadar Yoshlar siyosati yuzasidan Davlat rahbari uchun 20 dan ortiq taqdimot va infografik dizaynlar tayyorlab kelmoqda.
2021 yil respublikamiz yoshlari ishtirokida keng qamrovda o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021”ni o‘tkazishda tashkilotchi sifatida amaliy yordam bergan.
2021, 2022, 2023 yillari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan, har yili 600 nafardan ortiq o‘quvchi-sardorlar ishtirok etadigan “Kamalak” bolalar tashkilotini Sardorlarining Anʼanaviy anjumanlarini o‘tkazishda tashkilotchi sifatida amaliy yordam bergan.