Vikiombor:„Viki yodgorliklarni sevadi — 2023“ Oʻzbekistonda/Qoidalar

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan/Rules and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan/Rules and have to be approved by a translation administrator.
Viki yodgorliklarni sevadi Oʻzbekiston 2023 tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yodgorliklarni Sevadi Oʻzbekiston 2023 tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich
See also: Xalqaro musobaqa qoidalari.

Foydalanuvchilar

  • Tanlovda istalgan kishi ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.
  • Ishtirok etish uchun siz Vikiombordagi foydalanuvchi nomingizga kirishingiz kerak. Bu ishni mahalliy foydalanuvchi sifatida yoki Vikimediyadagi global foydalanuvchi nomingiz orqali amalga oshira olasiz. Vikiomborda foydalanuvchi nomi qanday yaratilishini bu yerda bilib olishingiz mumkin.
  • Foydalanuvchi oʻzining profil sozlamalarida tasdiqlangan elektron pochta manzilini koʻrsatgan boʻlishi kerak[1]. Kontakt maʼlumotlariga (akkauntga bog‘langan elektron pochta yoki foydalanuvchi sahifasidagi kontakt ma’lumotlariga) ega bo‘lmagan foydalanuvchilar hatto hakamlar hay’ati suratlarini yetarli darajada yaxshi deb topgan taqdirda ham, sovrinlarni qo‘lga kirita olmaydi va xalqaro sahnaga chiqa olmaydi. Agar siz elektron pochta manzilingizni toʻgʻri aktivlashtirgan boʻlsangiz, foydalanuvchi sahifangizning chap tomonida „Foydalanuvchiga elektron pochta xabarini yozish“ degan havola paydo boʻladi. Nazarda tuting, sizning elektron pochta manzilingiz hech qayerda eʼlon qilinmaydi va barcha xabarlar joʻnatuvchiga koʻrsatilmasdan faqat Vikimediya pochta formasi orqali sizga yuboriladi.
  • Barcha ishtirokchilar oʻz fotosuratlarini erkin litsenziya, masalan, Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 yoki Vikiomborda ruxsat etilgan boshqa litsenziya asosida chop etishga rozi boʻlishadi.

Suratlar

  • Suratlarni istalgan vaqtda olish mumkin, lekin 1-oktyabr, 00:00 va 31-oktyabr, 23:59 (UTC+5) oraligʻida yuklanishi kerak.
  • Bir kishi istalgan miqdordagi fotosuratlarni yuklashi mumkin, ammo barcha fotosuratlar shu kishining oʻzi tomonidan rasmga olingan boʻlishi kerak. Oʻzingiz rasmga olmagan fotosuratlarni, ular mualliflik huquqi cheklovlaridan holi boʻlishi yoki siz muallifning qonuniy vakili boʻlshingizdan qatʼiy nazar yuklamang.
  • Fotosuratlar fayl sahifasida litsenziya shabloniga ega boʻlishi kerak (odatda, agar foydalanuvchi fotosuratni yuklash jarayonining birinchi bosqichida taklif qilingan litsenziyalardan birini tanlagan boʻlsa, litsenziya fayl sahifasiga avtomatik tarzda qoʻshiladi). Fayl sahifasida litsenziyasi koʻrsatilmagan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlovga yuklangan suratlar joriy roʻyxatdagi Oʻzbekistonning madaniy meros obidalaridan biriga tegishli boʻlishi kerak; joriy roʻyxat Oʻzbek tilida taqdim etilgan.
  • Fotosurat mavzusi binolar, ularning meʼmoriy elementlari va interyerlari, haykallar yoki tarixiy landshaftlar kabi madaniy meros bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Odamlar, tabiat, avtomobillarning fotosuratlari, agar ular madaniy meros ob’ektining bir qismi boʻlmasa, koʻpincha offtop deb hisoblanadi.
  • Rasmlar koordinatalariga ega boʻlishi kerak[2].
  • Fotosurat yaxshi sifatli, kontrast, oq balans va ekspozitsiya sozlamalari to‘g‘ri bo‘lishi va o‘lchami kamida 2 megapiksel bo‘lishi kerak. [3]. Past sifatli (yuvilib qolgan, kontrasti oshib ketgan, buzuq koʻrinishdagi va hokazolar) yoki past aniqlikdagi fotosuratlarni yuklash mumkin, biroq ularda g‘olib bo‘lish va xalqaro bosqichga chiqish imkoniyati yo‘q.
  • Yuklangan fotosuratlar Vikipediya maqolalarini rasmlar bilan bezash uchun mos boʻlishi kerak, shuning uchun suv belgili, rasmdagi sanalar yoki illyustrativ foydalanishni qiyinlashtiradigan boshqa qoʻshimchalari boʻlgan fotosuratlarga ruxsat berilmaydi.

Natijalarni chiqarish

  • Tanlov yakunlangach, xalqaro bosqich qoidalariga muvofiq, hakamlar hay’ati ikki turkum (manzaralar va makro) bo‘yicha 15 tagacha (har birida 10 tadan koʻp boʻlmagan) fotosuratlarni tanlab oladi.
  • Barcha fotosuratlar 2 bosqichda baholanadi: birinchi bosqichda hakamlar hay’ati barcha fotosuratlarni qoidalarga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchisida esa, qoidalarga muvofiq fotosuratlar sifati, mavzuga mosligi va konkret bir madaniy yodgorlikka aloqadorligi tekshiriladi.
  • Hakamlar hay’atining barcha qarorlari yakuniy hisoblanadi va ularni qayta koʻrib chiqilmaydi. Unutmang, bizning tanlovimiz biroz sub’ektiv boʻlishi mumkin va agar fotosuratlaringiz gʻolib chiqmasa, tushkunlikka tushmang! Barcha yaxshi fotosuratlar Vikipediya va boshqa Vikimedia loyihalarida illyustratsiyaga aylanadi, shunda ularni yuzlab yoki hatto minglab kishilar koʻradi. Bu qoyil qoladigan darajada juda zoʻr! Shunday emasmi?
  • Sovrinlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, barcha g‘oliblarga Asaxiy, Amazon yoki o‘zlari tanlagan boshqa onlayn-do‘konlardan sovg‘a sertifikatlari topshiriladi.
  • Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan barcha suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi, ular yana g‘olib bo‘lishlari mumkin.

Boshqa shartlar

  • Ushbu qoidalar matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367—369-moddalariga ko‘ra ommaviy oferta hisoblanmaydi.
  • Tanlovda ishtirok etish ushbu qoidalarni toʻliq qabul qilinishini anglatadi.
  • Tashkilotchi jamoa halol oʻyin tamoyilini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
  • Ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish jarayonida qilgan barcha xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
  • Tashkiliy jamoa aʼzolari yoki ularga tegishli shaxslar tomonidan yuklangan fotosuratlar hech qanday sovringa ega boʻla olmaydi. Ularning ehtimoliy ishtiroki faqat ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash va ijobiy oʻrnak koʻrsatish istagi bilan belgilanishi mumkin.
  • Tashkilotchilar jamoasi ishtirokchilar tomonidan uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlari buzilishi uchun javobgar emas, ammo agar shunday holatlar aniqlansa, bunday qoidabuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish majburiyatini oladi. Agar sizning yoki boshqa birovning mualliflik huquqlari buzilgan deb hisoblasangiz, iltimos biz bilan bogʻlaning!
  • Tanlov tashkilotchilari agar ularning majburiyatlarini amalga oshirishning iloji boʻlmasa: yongʻin, toshqinlar, boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, qurolli toʻqnashuvlar, ommaviy fuqarolik tartibsizliklari, epidemiyalar, terrorchilik harakatlari va hokazolar kabi fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlsa majburiyatlarni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun masʼuliyatdan ozod qilinadi.

Izohlar

  1. Shuningdek, biz tanlovda ishtirok etuvchilarning barchalariga biror-bir kontakt maʼlumotlarini oʻzlarining foydalanuvchi sahifasida qoldirishlarini tavsiya etamiz.
  2. Bu shart emas, lekin koordinatalar fotosuratning muhofazadagi hududga tegishli yoki yoʻqligiga shubha tugʻilganda foydali boʻladi. Shuningdek, koordinatasiz fotosuratlar xalqaro bosqichga mos kelmaydi.
  3. 2000×1000 piksel yoki shunga yaqin