Commons:Viki Yerni Sevadi 2023 Oʻzbekiston/Qoidalar

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2023 in Uzbekistan/Rules and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2023 in Uzbekistan/Rules and have to be approved by a translation administrator.
Viki Yerni sevadi 2023 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yerni sevadi 2023 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich

Ishtirokchilar

  • Tanlovda istalgan kishi ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin.
  • Ishtirok etish uchun siz Vikiomborga mahalliy foydalanuvchi sifatida yoki global Wikimedia akkauntingiz orqali kirishingiz kerak. Akkauntni qanday yaratishni Wikimedia Commons’da bu yerda o‘rganishingiz mumkin.
  • Ishtirokchining sozlamalar profilida tasdiqlangan elektron pochta manzili bo'lishi shart. [1] Kontaktlari (elektron pochta manzili yoki foydalanuvchi sahifasidagi kontakt ma’lumotlari) bo‘lmagan ishtirokchilar, hatto hakamlar hay’ati suratlarini yetarli darajada yaxshi deb topsa ham, sovrinlarni qo‘lga kirita olmaydi yoki xalqaro bosqichga chiqa olmaydi. Agar siz elektron pochtangizni to'g'ri faollashtirgan bo'lsangiz, a'zo sahifangizning chap tomonidagi ustunda „Foydalanuvchiga xat yozish“ degan havola paydo boʻladi. Taʼkidalsh joiz, elektron pochta manzilingiz hech qayerda chop etilmaydi va elektron pochta manzilingizni jo‘natuvchiga ko‘rsatmasdan Wikimedia pochta formasi orqali sizga yuboriladi.
  • Barcha ishtirokchilar o‘z fotosuratlarini bepul litsenziya ostida, masalan, Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 ostida yoki Commons tomonidan ruxsat etilgan boshqa litsenziya ostida chop etishga rozi boʻlishgan deb hisoblanadi.

Tasvirlar

  • Suratlarni istalgan vaqtda olish mumkin, lekin ular 15-maydan 15-iyungacha yuklanishi kerak.
  • Bir kishi istalgan miqdordagi fotosuratlarni yuklashi mumkin, ammo barcha fotosuratlar oʻzi tomonidan olinishi kerak. Oʻzingiz suratga olinmagan suratlarni, hatto ular mualliflik huquqi cheklovlaridan xoli boʻlsa ham yoki muallifning qonuniy vakili boʻlsangiz ham yuklamang.
  • Rasmlar fayl sahifasida litsenziya andozasiga ega boʻlishi kerak (agar yuklovchi yuklashning birinchi bosqichida litsenziyalardan birini tanlagan boʻlsa, bu odatda avtomatik ravishda qoʻshiladi). Fayl sahifasida litsenziya andozalari boʻlmagan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlov uchun yuklangan suratlar amaldagi roʻyxatdagi Oʻzbekiston tabiat yodgorliklaridan biriga havola boʻlishi kerak; joriy roʻyxat 4 tilda taqdim etilgan: oʻzbekcha, qoraqalpoqcha, ruscha va inglizcha. Qoidalarning ushbu bandiga muvofiqligini koʻrsatish uchun tegishli obyekt xaritasidagi „Yuklash“ tugmasi orqali fotosuratlarni yuklash tavsiya etiladi.
  • Surat mavzusi tabiat bilan bogʻliq boʻlishi kerak, masalan, landshaftlar, oʻsimliklar, hayvonlar va boshqalar. Odamlar, binolar, mashinalar fotosuratlari, agar ular tabiiy landshaftning bir qismi boʻlmasa, koʻpincha mavzudan tashqari hisoblanadi.
  • Fotosuratlar koordinatalariga ega boʻlishi kerak. [2]
  • Surat yaxshi sifatli, kontrast, oq balans va ekspozitsiya sozlamalari to‘g‘ri bo‘lishi va o‘lchami kamida 2 megapiksel bo‘lishi kerak. [3] Past sifatli (xira, yuqori kontrastli, buzilgan va hokazo) yoki past aniqlikdagi tasvirlarni yuklash mumkin, biroq ular bilan g‘olib bo‘lib va xalqaro bosqichga chiqib bo‘lmaydi.
  • Yuklangan fotosuratlar Vikipediya maqolalarini tasvirlash uchun mos boʻlishi kerak, shuning uchun suv belgili, rasmdagi sanalar yoki illyustrativ foydalanishni qiyinlashtiradigan boshqa qoʻshimchalari boʻlgan fotosuratlarga ruxsat berilmaydi.

Natijalarni eʼlon qilish

  • Tanlov yakunlangach, xalqaro bosqich qoidalariga muvofiq, hakamlar hay’ati ikki nominatsiya bo‘yicha 15 tagacha fotosuratlarni tanlab oladi: manzara va makro.
  • Barcha fotosuratlar 2 bosqichda baholanadi: birinchi bosqichda hakamlar hay’ati barcha fotosuratlarni qoidalarga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchisida esa mos keladiganlari sifati, mavzuga mosligi va maʼlum bir tabiat yodgorligi mavzusiga mosligi boʻyicha baholanadi.
  • Hakamlar hay’atinig barcha qarorlari yakuniy hisoblanadi va shikoyat qilinishi mumkin emas. Esda tutingki, bizning tanlovimiz biroz sub’ektiv boʻlishi mumkin va agar sizning fotosuratlaringiz gʻolib chiqmasa, tushkunlikka tushmang! Barcha yuqori sifatli fotosuratlar Vikipediya va boshqa Vikimedia loyihalarida illyustratsiyaga aylanadi, shuning uchun ularni yuzlab yoki hatto minglab odamlar koʻradi. Bu oʻz-oʻzidan ajoyib emasmi?
  • Sovrinlar tabiat resurslar vazirligi tomonidan topshiriladi: g‘olibga noutbuk, keyingi 2 o‘ringa planshet va qolgan 3 ta smartfon beriladi. Shuningdek, 10 ta g'olibning barchasi Wildberries, Amazon, Ebay yoki o'zlari tanlagan boshqa do'konlarda 650 000lik sovg'a sertifikatlariga ega bo'ladi.
  • Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan barcha suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi va ular ham g‘olib chiqishlari mumkin.

== Boshqa shartlar ==

  • Ushbu qoidalar matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367—369-moddalari ga ko‘ra ommaviy oferta hisoblanmaydi.
  • Tanlovda ishtirok etish ushbu qoidalarning toʻliq qabul qilinishini anglatadi.
  • Tashkilotchi jamoa halol oʻyin tamoyilini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
  • Ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish jarayonida qilgan barcha xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
  • Tashkilotchilar jamoasi aʼzolari yoki ularga aloqador shaxslar tomonidan yuklangan fotosuratlar sovringa daʼvogar boʻla olishmaydi. Ularning mumkin boʻlgan ishtiroki faqat yaxshi oʻrnak koʻrsatish va boshqa ishtirokchilarni qoʻllab-quvvatlash istagi bilan belgilanishi mumkin.
  • Tashkilotchilar jamoasi ishtirokchilar tomonidan uchinchi shaxslarning mualliflik huquqining buzilishi uchun javobgar emas, ammo agar ular aniqlansa, bunday huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish majburiyatini oladi. Agar sizning yoki boshqa birovning mualliflik huquqi buzilgan deb hisoblasangiz, iltimos biz bilan bogʻlaning!
  • Tanlov tashkilotchilari agar ularning majburiyatlarini amalga oshirishning iloji boʻlmasa: yongʻin, toshqinlar, boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, qurolli toʻqnashuvlar, ommaviy fuqarolik tartibsizliklari, epidemiyalar, terrorchilik harakatlari va hokazolar kabi fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlsa majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Izohlar

  1. Shuningdek, barcha ishtirokchilarni foydalanuvchi sahifasida kontakt maʼlumotlarini qoldirishlarini tavsiya qilamiz.
  2. Bu narsa shart emas, lekin koordinatalar fotosuratning himoyalangan hududga tegishli yoki yoʻqligiga shubha tugʻilganda foydali boʻladi. Shuningdek, koordinatasiz fotosuratlar xalqaro bosqichga mos kelmaydi.
  3. 2000×1000 piksel yoki shunga yaqin.